Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.
Qarorda sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, tez tibbiy yordam koʻrsatish sohasida qoʻyilgan vazifalarni toʻliq bajarishga toʻsqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar va kamchiliklar saqlanib qolayotganligi qayd etilgan.
«Jumladan, respublikada tez tibbiy yordam xizmatini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish yuzasidan qabul qilingan bir nechta qarorlarning natijalari bugungi kunga qadar sezilmayapti. Tez tibbiy yordam chaqiruvlarini qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish eskicha, qoʻl mexanizmlari yordamida bajarilmoqda.
Tez tibbiy yordam koʻrsatish vaqtida bemorlarning kasalxonaga yetib borgunga qadar vafot etishi koʻpayib bormoqda. Toshkent, Sirdaryo va Fargʻona viloyatlarida esa oʻlim soni ikki baravardan toʻrt baravargacha oshgan.
Murojaatlarni saralashning amaldagi tartibi mavjud kuch va vositalarni eng muhim chaqiruvlarga xizmat koʻrsatish uchun yoʻnaltirish imkonini bermaydi, natijada yolgʻon chaqiruvlar soni oshmoqda yoki surunkali kasalliklari avj olgan, biroq hayoti xavf ostida boʻlmagan bemorlarga xizmat koʻrsatilmoqda.
Ajratilayotgan byudjet mablagʻlari sifatli tez tibbiy yordam koʻrsatish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash imkonini bermayapti», — deyiladi qarorda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?