19:50 / 29.02.2020
12 754

Demodekoz bakteriyasi va husnbuzarlar

Demodekoz bakteriyasi va husnbuzarlar
Bahorning quyoshli kunlari yaqinlashayotgan ekan, barcha xotin-qizlarni husnbuzarlardan qolgan izlarga dog‘ tushish xavfi cho‘chitadi. Ichki organlardan shikoyatingiz yo‘q bo‘lsa, husnbuzar yuzingizning turli sohalarida kamayib-ko‘payib tursa, buning sababi demodekoz bakteriyasi bo‘lishi mumkin.

Ular ko‘zga ko‘rinmas bo‘lib mutaxassis tekshiruvida yuzingizdan hosilani mikroskob ostida aniqlanadi.
Demodekozning turlari juda ko‘p bo‘lib, ulardan ikkita turi inson yuzidagi tuklarda, qosh va kipriklarda yashab, yuzdagi o‘lik hujayralar bilan oziqlanadi. Zararkunanda ko‘pincha immuniteti past bo‘lgan shaxslarda, asosan, 20-30 yoshli ayol va qizlarda kuzatiladi.

Demodekoz tashxisi qo‘yilganda yuzni toza saqlash, boshqalarga yuqtirmaslik uchun shaxsiy gigiyenaga amal qilish, oziqlantiruvchi kosmetik vositalardan imkon qadar foydalanmaslik, shifokor ko‘rsatmasi bilan parhez tutish kerak bo‘ladi.

Uy sharoitida davo choralari ko‘p hollarda bakteriyani batamom bartaraf etolmaydi, shuning uchun shifokor dermatolog maslahati bilan metronidazol va boshqa dorilarning salitsil spirtida eritmasi hamda maxsus antibakterial mazlar qo‘llaniladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Demodekoz bakteriyasi va husnbuzarlar