Nigeriyaliklar Rossiyaga tegishli bo‘lgan qurol ortilgan samolyotni qo‘lga olishdi

Nigeriyalik harbiylar Markaziy Afrika Respublikasidan Chadga hujjatlarsiz qurol olib ketayotgan Rossiyaga tegishli bo‘lgan samolyotni qo‘lga olishdi. Nigeriya harbiy-havo kuchlari va OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu samolyot MARning poytaxti Bangidan havoga ko‘tarilib, Chad davlatining poytaxtiga Njamenuga uchib ketayotgan bo‘lgan, deb xabar bermoqda «Kun.uz».
Samolyotda avtomobillar va harbiy jihozlar bo‘lgan. Butun ekipaj qo‘lga olindi, samolyot esa Nigeriyaning shimolida joylashgan Kano shahrining aeroportida ushlab turilibdi. Mahalliy hukumat bu ish bo‘yicha tergov ishini boshladi.
foto: Global Look Press “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing