Amerikalik yosh bloger — linza bilan cho‘milib ko‘r bo‘lib qoldi

Dominikan Respublikasiga ta’tilga borgan 20 yoshli amerikalik bloger qiz ko‘z linzalarini yechmasdan dush qabul qilgani sababli ko‘r bo‘lib qoldi. Sayohat vaqtida dush paytida uning ko‘z shox pardasiga mayda mikroorganizmlar yopishgan va linza namlikni zich saqlagani bois infeksiya shox pardani yemirgan. Avvaliga shifokorlar noto‘g‘ri tashxis qo‘yib yozib bergan tomchi dori linza bilan ko‘z orasida yopishib olgan xavfli amyobani avj oldirib yuborgan.

20 yoshli amerikalik bloger qiz o‘zining qanday ko‘r bo‘lib qolganini tarmoqlarda ulashib kelmoqda. Greys ta’til vaqtida Dominikan Respublikasiga sayohatga boradi va ko‘z linzalarini yechmasdan dush qabul qilib yuradi. Amerikaga qaytgach esa bir hafta o‘tib uning ko‘zlari ko‘r bo‘lib qolgan.
Qizning hikoya qilishicha, avvaliga shifokorlar unga noto‘g‘ri tashxis qo‘yib, tomchi dori yozib berishgan. Bu linza bilan ko‘z orasida yopishib olgan xavfli amyobani avj oldirib yuborgan.
Akantamyoba tashxisi qo‘yilgan Greys ko‘z nurlarini qayta tiklamoqchi. O‘shanda Dominikanda dush paytida mayda mikroorganizmlar ko‘z shox pardasiga yopishgan. Linza esa namlikni zich saqlagani uchun infeksiya bemalol shox pardani yemirgan.
Hozirda ko‘rishni yo‘qotgan Greysning ko‘z gavhari kulrang tusga kirib qolgan. Bu haqiqiy ko‘rlik belgisidir.
Mutaxassislar dush, basseyn va saunaga tushishdan oldin linzalarni yechishni, ularda uxlamaslikni va linzani faqat maxsus eritma bilan tozalashni tavsiya etadi.






























Izohlar 0
…