Yaponiyalik erkak festivalda odam go'shtini sotib olmoqchi bo'ldi

Yaponiyadagi «Go'sht festivali»da vegetarian faollar odam go'shtining vakuumli qadog'iga taqlid qilib, ustiga 5050 iena narxnomali oziq-ovqat plyonkasi bilan o'ralgan holda performans ko'rsatishdi. Odamlarda rahm-shafqat uyg'otishga qaratilgan bu reja tadbirkor yaponning o'ralgan yigitni sotib olishga harakat qilishi tufayli barbod bo'ldi.

Yaponiyadagi «Go‘sht festivali»da bir guruh faollar performans ko‘rsatishga qaror qilishdi. Vegetarianlar odam go‘shtining vakuumli qadog‘iga taqlid qilib, o‘zlarini oziq-ovqat plyonkasi bilan o‘rashdi va ustiga 5050 iena deb yozilgan narxnomalarni yopishtirishdi.
Biroq, odamlarda rahm-shafqat uyg‘otish rejasi bir tadbirkor yapon tufayli barbod bo‘ldi. Norozilik bildirib yotgan yigitning «rastasi» yonidan o‘tib ketayotgan erkak uni sotib olishga harakat qildi.
Mazkur holat atrofdagilarni hayratga solib, aksiyaning asl maqsadini biroz soyada qoldirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa bu voqea turlicha baholanmoqda: ayrimlar buni qora hazil sifatida qabul qilgan bo‘lsa, boshqalar esa insoniy qadriyatlar nuqtai nazaridan keskin tanqid qilmoqda.
Shunday qilib, rahm-shafqat uyg‘otishga qaratilgan performans aksincha, bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi va keng jamoatchilik e’tiborini tortdi.






























Izohlar 0
…