07:35 / 24.03.2020
8 175

Fransiya: koronavirusga qarshi dori muvaffaqiyatli chiqdi

Fransiya: koronavirusga qarshi dori muvaffaqiyatli chiqdi
International Journal of Antimicrobial Agents nashri xabariga ko‘ra, fransiyalik olimlar SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi dori vositasining klinik tadqiqotlari natijasi muvaffaqiyatli bo‘lganini ma’lum qildi.

Fransuz olimlari gidroksixloroxinning koronavirusga alohida va azitromitsin antibiotigi bilan birgalikdagi ta’sirini o‘rganishdi. Tadqiqotlar Marsel universitetining Méditerranée Infection gospitalidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida o‘tkazildi.

Tadqiqotlarda COVID-19 simptomi bo‘lgan va simptomlar bo‘lmagan 36 kishi ishtirok etdi. Besh kun davomida yangi dori vositasini qabul qilgan olti bemorda koronavirus testi salbiy chiqdi, ya’ni ularning barchasi tuzaldi.

Olimlar ushbu natijani tasdiqlash uchun kengroq miqyosdagi klinik tadqiqotlar o‘tkazilishi kerakligini qayd etishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiya: koronavirusga qarshi dori muvaffaqiyatli chiqdi