date

Rossiyada migrantlar uchun “bitta bank — bitta hisob” joriy etiladimi?

Rossiyada migrantlar uchun “bitta bank — bitta hisob” joriy etiladimi?

Rossiya Davlat Dumasi deputati Lugovoy migrantlar uchun bank hisoblari sonini cheklash tashabbusini ilgari surdi. Taklifga ko‘ra, chet el fuqarolari uchun “bir kishi — bitta bank — bitta hisob” tamoyilini joriy etish mumkinligi aytilmoqda. Bu orqali migrantlarning bir nechta bankda bir vaqtning o‘zida hisob ochishi cheklanadi.

Shuningdek, taklifda bank hisobini ochish tartibini ham qayta ko‘rib chiqish nazarda tutilmoqda. Xususan, migrantlar uchun hisob ochish faqat xalqaro pasport (xorijga chiqish pasporti) asosida amalga oshirilishi mumkinligi ta’kidlangan. Bu esa shaxsni aniqlash va hujjatlarni tekshirish jarayonini qat’iylashtirishga qaratilgani bilan izohlanadi.

Hozircha ushbu tashabbus taklif darajasida ekani, uning qachon va qanday shaklda muhokamaga kiritilishi bo‘yicha aniq tafsilotlar ochiqlanmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada migrantlar uchun “bitta bank — bitta hisob” joriy etiladimi?