
2025-yil 3-noyabrdan O‘zbekistonda yangilangan Chevrolet Cobalt avtomobillarining savdosi boshlanadi. UzAuto Motors kompaniyasi shartnoma faqat onlayn tarzda – uzavtosavdo.uz sayti yoki UzAvtoSavdo ilovasi (iOS va Android) orqali tuzilishini ma’lum qildi.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish ertalab soat 10:00 dan boshlanadi. Avtomobil ishlab chiqaruvchining ma’lumotlariga ko‘ra, yangi komplektatsiyalar bilan oldindan tanishish uchun namunaviy avtomobillar dilerlik markazlariga yetkazilgan.
Onlayn shartnoma uchun barcha modellar, jumladan ikkita yangi versiya ham mavjud bo‘ladi. 3-noyabr kuni Chevrolet’ning barcha rasmiy dilerlik markazlari yopiladi va UzAuto Motors’ning savdo tizimidan uziladi.
Shartnoma faqat onlayn tarzda rasmiylashtiriladi. Kompaniya, shuningdek, haqiqiy shartnoma QR-kodga ega bo‘lishini eslatib o‘tdi.
QR-kodsiz shartnomalar rasmiy hisoblanmaydi va UzAuto Motors yoki uning dilerlariga aloqasi yo‘q. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar