date

Elektromobilda taksi qilganlar uchun qanday imtiyozlar beriladigan bo'ldi?

Elektromobilda taksi qilganlar uchun qanday imtiyozlar beriladigan bo'ldi?

Prezident farmoni loyihasida elektromobilda taksi xizmati ko‘rsatuvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi imtiyozlar joriy etish rejalashtirilayotgani qayd etildi. Hujjatga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tib, taksi xizmatini ko‘rsatayotgan shaxslarga ijtimoiy soliq to‘lashda 30 foizgacha chegirma berish taklif qilinmoqda.

Bundan tashqari, davlat tashkilotlariga tegishli pulli avtoturargohlardan, jumladan aeroport va vokzallardagi parkinglardan 30 daqiqagacha bepul foydalanishga ruxsat berilishi mumkin. Bu chora elektrotaksichilar uchun kundalik xarajatlarni kamaytirish va ularni “yashil transport”ga o‘tishga rag‘batlantirishga qaratilgani aytiladi.

Loyihada yana bir yangilik sifatida, huquqbuzarlik va yo‘l-transport hodisasi sodir etmasdan 1 million kilometr masofada taksi xizmati ko‘rsatgan fuqarolarga “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni topshirish amaliyotini yo‘lga qo‘yish taklif etilgan. Ta’kidlanishicha, shu tartiblar hisobiga elektromobilda taksi qiluvchi o‘zini o‘zi band qilganlar soni 300 ming nafarga yetkazilishi, yoqilg‘i dvigatelli avtomobillarning atmosfera havosini ifloslantirishdagi ulushi esa 7 foizgacha qisqartirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Elektromobilda taksi qilganlar uchun qanday imtiyozlar beriladigan bo'ldi?