date

Italiyada bemorning 11 sog‘lom tishi olib tashlagan stomatolog qamaldi

Italiyada bemorning 11 sog‘lom tishi olib tashlagan stomatolog qamaldi

Italiyaning Genuya shahridagi stomatologlar bemorning 11 tishini ortiqcha, keraksiz va noto‘g‘ri ravishda olib tashlagani uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda “Corriere della Sera” nashri xabar berdi. Hodisa ijtimoiy tarmoqlarda ham muhokama bo‘lib, arzon xizmat izlash ba’zan qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishini yana bir bor eslatdi.

Manbaga ko‘ra, 55 yoshli ayol internet orqali arzon narxlarda xizmat ko‘rsatadigan shifokorlarni topib, stomatologik muolajalar olishga qaror qilgan. Konsultatsiya paytida mutaxassislar bemorni ishning ko‘p qismini bir kunda bajarish mumkinligiga ishontirgan, unga maxsus protezlarni ko‘rsatishgan, ammo eng muhim bosqich — rentgen tekshiruvini o‘tkazishmagan. Hatto shifokorlardan biri “protsedura” bo‘lmasa, barcha tishlarini yo‘qotishi mumkinligini aytib, ayolni yanada shoshirgani qayd etilmoqda.

Oqibatda bor-yo‘g‘i to‘rt soat ichida ayolning 11 ta sog‘lom tishi olib tashlangan. Uchinchi kuni unga protezlar qo‘yilgan, ammo ular avval va’da qilinganidan farq qilgan va keyinchalik bu protezlar doimiy emas, vaqtinchalik ekani ma’lum bo‘lgan.

Jabrlanuvchi operatsiya oqibatida jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan: u gapira olmay qolgan, to‘g‘ri ovqatlana olmagan, natijada hayot sifati og‘irlashgan. Bu holat uning shaxsiy hayotiga ham ta’sir qilgan: tish muammolari va og‘ir oqibatlardan uyalib, sevgilisi bilan ajrashgan. Keyinchalik boshqa stomatolog unga jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan bo‘lsa-da, ayol hanuz ovqatni yaxshi chaynay olmasligi aytilmoqda.

Sud qaroriga ko‘ra, 11 tishni noto‘g‘ri olib tashlagan stomatologlarning birisi uch oy, ikkinchisi bir yil-u besh oylik qamoq jazosiga hukm qilingan. Shuningdek, jabrlanuvchi ayolga 14 300 yevro miqdorida to‘lov puli to‘langani ma’lum qilindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Italiyada bemorning 11 sog‘lom tishi olib tashlagan stomatolog qamaldi