date

Yorqinxo'ja Umarov uchun Messi zo'rmi yoki Ronaldu?

Yorqinxo'ja Umarov uchun Messi zo'rmi yoki Ronaldu?

Krishtianu Ronaldu yoki Lionel Messi? Bu savol ko‘pchilik futbol muxlislari uchun tortishuvli mavzudir. Biroq xonanda Yorqinxo‘ja Umarov uchun bu masala anchadan beri aniqlik kasb etgan. Uning fikricha, Krishtianu Ronaldu — eng zo‘r va afsona futbolchi.

“Yorqinxo‘ja Umarov uchun eng zo‘r, eng afsona futbolchi kim?” degan savolga xonanda shunday javob berdi: “Yorqinxo‘ja — Krishtianu Ronaldu”, — dedi u. Uning ta’kidlashicha, Ronalduda boshqa futbolchilarda uchramaydigan sifatlar bor.

“Mana 40 yoshga kirgan bo‘lsa ham, hali ham o‘z ustida tinimsiz ishlayapti. Gollari deyarli mingtagacha yetib qoldi. Har bir natijasi mehnat, intizom va iroda mahsuli”, — deydi xonanda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Yorqinxo'ja Umarov uchun Messi zo'rmi yoki Ronaldu?