date

Vest Hem portugaliyalik yosh hujumchini safiga qo‘shmoqda

Vest Hem portugaliyalik yosh hujumchini safiga qo‘shmoqda

Angliyaning «Vest Hem» klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish yo‘lida yana bir qadam tashladi. Jurnalist Florin Plettenberg bergan ma’lumotga ko‘ra, «molotboychilar» 21 yoshli portugaliyalik forvard Pablo Felipe transferini yakunlashga yaqin turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, «Jil Visente» futbolchisi bo‘yicha muzokaralar deyarli yakuniga yetgan. 2 yanvar kuni futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, shundan so‘ng esa yakuniy kelishuv imzolanishi kutilmoqda. Transfer narxi taxminan 20 million yevroga baholanmoqda.

Joriy mavsumda Felipe klub darajasida 13 o‘yinda 9 ta gol urib, 1 ta assist qayd etgan. Transfermarkt portali esa uning bozor qiymatini 5 million yevro deb ko‘rsatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vest Hem portugaliyalik yosh hujumchini safiga qo‘shmoqda