date

Sirdaryoda YPXdan qochgan haydovchi yo‘lda to‘xtatildi


Ichki ishlar xodimlari va fuqarolar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi va nizo holati.









Sirdaryo viloyatida YPX xodimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan Nexia-3 haydovchisi bilan bog‘liq holat katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Qoidabuzar haydovchi qochishga uringani oqibatida xizmat avtomobiliga zarar yetkazib, yo‘l harakati qatnashchilari hayoti uchun xavfli vaziyat yuzaga keltirgan.

Viloyat IIB axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 7 may kuni Yangiyer shahrida xizmat olib borayotgan YHXX inspektorlari davlat raqam belgisiz harakatlangan Nexia-3 avtomobilini to‘xtatishga uringan. Biroq haydovchi inspektorlarning ishorasiga amal qilmasdan, tezlik bilan hududdan chiqib ketishga harakat qilgan.

Qochish jarayonida haydovchi xizmat avtomobiliga shikast yetkazgani, shuningdek boshqa haydovchi va piyodalar hayotiga xavf tug‘dirgani aytilmoqda.

Shundan so‘ng huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan “to‘sib ushlash” maxsus rejasi joriy etilgan. Natijada Nexia-3 yuk avtomobiliga urilib, harakatdan to‘xtagan.

Ma’lum qilinishicha, haydovchi to‘xtatilganidan keyin ham xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmagan va faol qarshilik ko‘rsatgan. Oqibatda u qo‘lga olingan. Avtomobilda haydovchidan tashqari yana bir nafar yo‘lovchi ham bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi — hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.











Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda YPXdan qochgan haydovchi yo‘lda to‘xtatildi