Moskva va Rossiyaning boshqa shaharlarida mobil internet cheklandi

1 daqiqa o'qish229
Moskva va Rossiyaning boshqa shaharlarida mobil internet cheklandi

9-may kuni soat 05:00 dan boshlab Moskvada bayram tadbirlari munosabati bilan mobil internet va SMS xizmatlariga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi avvalroq foydalanuvchilarni ushbu holat haqida ogohlantirgan edi. Uy sharoitidagi Wi-Fi tarmoqlari esa odatdagi tartibda ishlashda davom etmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Poytaxtning markaziy ko‘chalari, jumladan Tverskaya, Moxovaya, Bolshaya Nikitskaya, Petrovka, Oxotniy Ryad va Volxonka ko‘chalari, shuningdek, Kreml va Moskvoretskaya qirg‘oqlari transport harakati uchun yopildi. Ushbu hududlarda 8-maydan boshlab avtoturargohlardan foydalanish taqiqlangan.

Metropoliten faoliyatida ham o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Markazdagi bir qator bekatlar, xususan, «Oxotniy Ryad», «Teatralnaya» va «Aleksandrovskiy sad» faqat kirish va o‘tish uchun ochiq bo‘ladi. Cheklovlar bayram tadbirlari yakunlangunga qadar amal qiladi.

Mobil aloqa va internet bilan bog‘liq uzilishlar nafaqat Moskvada, balki Yekaterinburg, Tyumen, Rostov va boshqa shaharlarda ham kuzatilayotgani haqida xabarlar kelib tushmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?