Lenovo kompaniyasi yangi Xiaoxin Pro 27 2026 monoblokini taqdim etdi

Lenovo kompaniyasi o‘zining rasmiy onlayn do‘konida yangi Xiaoxin Pro 27 2026 Core Edition monoblokini namoyish qildi. Qurilma zamonaviy Intel Core Ultra 5 325 protsessori hamda 27 dyuymli, 120 Gts yangilanish tezligiga ega QHD displey bilan jihozlangan. Ekran ramkalarining yupqaligi hisobiga foydali maydon 96 foizni tashkil etadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Texnik jihatdan monoblok 16 GB LPDDR5X-7647 tezkor xotira va 1 TB sig‘imli M.2 PCIe Gen4 NVMe SSD diski bilan ta’minlangan. Qurilmaning qalinligi atigi 15,8 mm bo‘lib, ish jarayonida shovqin darajasi 16 dB dan oshmaydi. Shuningdek, ekran TUV Rheinland sertifikatiga ega bo‘lib, u ko‘zga zararli ko‘k nurlarni kamaytiradi va miltillashning oldini oladi.
Qurilma 2592 x 1944 pikselli yuqori aniqlikdagi kamera, shovqinni kamaytiruvchi ikkita mikrofon va Dolby Harman 2.0 audio tizimi bilan jihozlangan. Ulanish imkoniyatlari qatoriga Wi-Fi 6, USB-C, USB-A 10 Gbit/s, HDMI 2.1, HDMI-in, gigabitli Ethernet va 3,5 mm audio uyasi kiradi.
To‘plam tarkibiga simsiz klaviatura va sichqoncha ham kiritilgan. Hozirgi vaqtda ushbu qurilma Xitoy bozorida 9000 yuan, ya’ni taxminan 1300 dollar narxda sotuvga chiqarilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!