Foto: autostat.ru
“UzAuto Motors” kompaniyasi Qozog‘istondagi hamkori “SariarkaAvtoProm” bilan birgalikda Qozog‘istonda mahalliy ishlab chiqarilgan Chevrolet avtomobillari sotilishi boshlanganini e’lon qildi. Avtomobillar “Keles Distribution” savdo tarmog‘i orqali sotilmoqda.
Kompaniyalarning qo‘shma bayonotida aytilishicha, birinchi bosqichda Qozog‘istondagi dilerlik tarmog‘iga Chevrolet Malibu sedani, Cobalt va Nexia modellari, Damas miniveni, Labo yuk mashinasi va Trailblazer krossoveri yetkazilgan. Yaqin orada Qozog‘iston bozoriga Chevrolet Tracker krossoveri chiqariladi.
Ta’kidlanishicha, dastlabki buyurtmalarga ko‘ra Qozog‘istonda Damas va Labo modellari Chevrolet’ning boshqa modellariga nisbatan yetakchilik qilmoqda. Bu ushbu modellarning pandemiya sharoitida tovarlarni yetkazish sohasida tejamkor va samarali avtomobillarga ehtiyoj sezayotgan kichik va o‘rta biznes korxonalari orasida yuqori talabgorligi bilan bog‘langan.
Chevrolet brendining ko‘p modellari imtiyozli avtokreditlash davlat dasturi ishtirokchisi hisoblanadi. Bu esa qozog‘istonliklarga Chevrolet avtomobillarini qulay shartlar bilan xarid qilish imkonini beradi.
Chevrolet avtomobillari “SariarkaAvtoProm”ning Qo‘stanaydagi zavodida 28 martdan ishlab chiqarila boshlangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi