08:20 / 27.09.2020
2 987

Sirli Cadillac yo‘ltanlamasining dizayni oshkor bo‘ldi

Sirli Cadillac yo‘ltanlamasining dizayni oshkor bo‘ldi
Foto: Instagram / GM Design
Internetda yangi sirli Cadillac’ning eskizlari paydo bo‘ldi. Suratlar GM Design’ning Instagram’dagi sahifasida e’lon qilingan, deb xabar beradi Motor.

Eskizlarda haybatli dizaynga ega ulkan Cadillac yo‘ltanlamasini ko‘rish mumkin. Unda firmaning uslubiga xos chizgilari tasvirlangan. Avtomobil keng o‘lchamli radiator panjarasiga ega bo‘lib, uning o‘rtasidan logotip o‘rin olgan.

Yo‘ltanlamasning «yuzi» keng bo‘lib, massiv arka va g‘ildiraklarga ega, biroq old oynasi ingichka. Eskizni Cadillac dizayneri Endryu Makmillan chizgan. Taxminlarga ko‘ra, bu markaning bo‘lajak elektrokrossoveriga aylanadi. Hozircha bu borada rasmiy ma’lumotlar yo‘q.

Avvalroq Cadillac XT4 subkompakt krossoveri Xitoyda bir qator yangi funksiyalarga ega bo‘ladigan yangilanishni amalga oshirishi, ular qatorida Face ID tizimi ham bor bo‘lib, bu orqali avtomobil o‘z egasini yuzidan taniy olishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Sirli Cadillac yo‘ltanlamasining dizayni oshkor bo‘ldi