Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Toshkentda tashkil etilgan Yagona imtihon markazi o‘ziga tegishli ekanini aytib, bundan buyon yo‘llarda o‘lim bilan tugaydigan hodisalarni kamaytirishga bel bog‘laganini bildirdi. U ushbu imtihon markazi monopoliya emasligini, davlat bergan imkoniyatdan foydalanganini ta’kidladi.
- "Hozir gaplarimni eshitayotgan yurtdoshim, ochig‘ini ayting, siz pul bermaganmisiz imtihondan o‘tish uchun? Yoki kamida kimgadir qo‘ng‘iroq qildirib, tanish-bilishni o‘rtaga qo‘yib, guvohnoma olmaganmisiz? ‘Mening uyimga o‘zlari olib kelib berishgan’, deydiganlar qancha?
Endi bir savol: shu to‘g‘rimi? Avtomaktablar haqqoniy o‘qityaptimi? ‘Benzinga pul tashlashib yuborlaring, hoy, ‘starosta’. Ertaga imtihon, bermagan o‘tolmaydi’, deyishmaydimi? Shu to‘g‘rimi? Albatta, bu masalada ko‘p bahslashish mumkin. ‘Avtahalokatlar bilimga emas, yo‘llarga, ularning sifati va kengligiga, yana odamlarning farosatiga bog‘liq’, degan gaplarni ko‘p eshitganmiz.
Bu gapda jon bor. To‘liq xavfsizlikka erishish uchun yo‘llarni, infratuzilmani tartibga solish zarur, albatta. Xullas, aytmoqchi bo‘lganim, men bugundan boshlab avtohalokatlar sonini pasaytirish, unda odamlarning o‘limi bilan bog‘liq holatlarni kamaytirish uchun kurashga bel bog‘ladim.
Men inson omili aralashmagan, tanish-bilishchilik aralashmagan, korrupsiya aralashmagan, sifatli va samarali imtihon markazi barpo eta olganim bilan faxrlanaman. Bu monopoliya emas. Menga bu yorliqni yopishtirishga urinmang. Hukumat shunday qaror qabul qildi va men fuqaro sifatida shu imkoniyat asosida tizim joriy qilib, litsenziya oldim. Bu manfaatlar to‘qnashuvi ham emas. Qaror qabul qilinishida men tomonimdan lobbi ham bo‘lmagan.
Oldin tayyorlagan qo‘llanmalarimiz, eng zo‘r o‘quv dasturlarimizni shunga yo‘naltirdik. Bu bozor rostdan ham ochiq. Lekin unda g‘irromlikka yo‘l qo‘yilmaydi. Imkoniyat bor, yangi muassasalar ochilsin, sifatli ishlasin, pulini halollab olsin, faqat guvohnoma sotadigan do‘konga aylanmasin.
Men jamoatchilik e’tiborini shu tarafga qaratishga, sifatli va korrupsiyadan xoli tizim shakllanishini nazoratga olishga chaqiraman. Guvohnomani osongina olmoqchi bo‘lganlarga maslahatim: o‘qib, bilim oling. Mashina haydashni ko‘chada emas, avtomaktabda o‘rganing va sizga sifatli ta’lim berishlarini talab qiling. Chunki o‘qimas ekansiz, ming vallomati bo‘lsangiz ham, endi haydovchilik guvohnomasini ololmaysiz.
Avtomaktablar, siz esa bunday loyihalarni sabotaj qilishni to‘xtating. Har xil ‘fortochka‘lar qidirmang. Undan ko‘ra, har bir o‘quvchini yaxshilab imtihonga tayyorlang, shundagina yutasiz, o‘tdi u davrlar. Endi bu masalaga shaxsan davlat rahbarining o‘zi e’tibor qaratdi. Hammamiz ‘yo‘qolsin korrupsiya’, ‘korrupsiyaga chek qo‘yish kerak’, deymiz. Mana o‘sha korrupsiyani yo‘qotish mexanizmlaridan biri. Men — Komil Allamjonov shu kurashda faol bo‘lishni o‘zimning fuqarolik burchim, deb bildim. Siz ham meni qo‘llaysiz, deb o‘ylayman.
Alloh hammamizning omadimizni bersin", - deydi Komil Allamjonov.
Yagona imtihon markazi
3 fevral kuni Toshkentda haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon topshirish bo‘yicha Toshkent imtihon markazi ish boshladi.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i Bekmurod Abdullayev faqat yetarli bilim va malakaga ega haydovchilarga guvohnoma berilishni boshlagach, yo‘llarda haydovchilik madaniyati oshadi, yo‘l-transport hodisalari kamayishini aytib o‘tdi.
«Gazeta.uz» yozishicha, Yagona imtihon markazi (Toshkent Imtihon Markazi, TIM) tadbirkorlik sub’ekti huquqi asosida O‘zbekistonda birinchi bo‘lib haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlar o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish huquqini qo‘lga kiritgan birinchi kompaniya bo‘ldi. Uning saytida kompaniya rahbari sifatida Deniyel Byork ko‘rsatilgan.
3 fevral kuni saytning «Biz haqimizda» bo‘limida AVHT 1895 sonli litsenziya 2022 yil 2 fevralida qo‘lga kiritgani haqida ma’lumot berilgan edi. Biroq hozirda ushbu ma’lumot mavjud emas.
KTYARD ochiq ma’lumotlariga ko‘ra, Autodriver Study avtmaktabi 2017 yil 6 oktabrda ro‘yxatga olingan. Rahbar sifatida Deniyel Byork (Burke Daniyel James) ko‘rsatilgan, yagona ta’sischi — Dilshod Shuhratovich Jo‘rayev.
Dilshod Jo‘rayev bir vaqtning o‘zida 2017 yil oktabr va noyabrida ro‘yxatga olingan Nurafshon Yo‘l Avtomaktabi va Innodriver Study avtomaktablarining ham egasi hisoblanadi. Innodriver Study yuridik manzili Avtotest, Avtotest 2.0 va Avtotest Obey Rules savdo belgilariga egalik qiladigan Avtotest Report kompaniyasi manzili bilan mos tushadi — Toshkentning Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasi 21-uy.
E’tiborlisi, mazkur binoning orqa qismida, Taras Shevchenko ko‘chasi 23-uyda Milliy TV telekanali ofisi joylashgan.
Avtotest maktablari asoschisi (hozirda u yerda ta’sischi sifatida Irodaxon Ismailova ko‘rsatilgan) va Milliy TV telekanalining amaldagi ta’sischisi (66,7 foizi) — Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina bir qator shaxslarga berilgan davlat mukofotlarini bekor qildi
Ilon Mask: Yevropa o‘lmoqda!
Mayk Tayson yangi rekord bilan boks tarixiga kirdi