date

Toshkent bozorlarida avtoturargoh narxi dam olish kunlari oshirilmoqda

Toshkent bozorlarida avtoturargoh narxi dam olish kunlari oshirilmoqda

Toshkent shahridagi bozor va savdo komplekslarida avtoturargoh narxlari dam olish kunlari oshiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimining 18-noyabr kungi qarorida belgilab o‘tilgan. Hokimlik ushbu qarorga oid qo‘shimcha tushuntirish bilan chiqdi.

Ma’lum qilinishicha, “Munitsipal aktivlarni boshqarish” korxonasi avtoturargohlar faoliyatini o‘rganib chiqqan. Tahlillarga ko‘ra, oddiy xaridorlar uchun zarur savdolarni amalga oshirishga odatda ikki soat yetarli bo‘ladi. Shu sababli, dastlabki ikki soatlik turish narxi o‘zgarishsiz qoladi.

Narxlarning oshishi asosan uzoq vaqt to‘xtab turadigan foydalanuvchilarga — ya’ni bozor xodimlari, sotuvchilar va hududda faoliyat yuritadiganlarga ta’sir qiladi. Bu chora bozor atrofi va avtoturargohlar yuklamasini kamaytirish, to‘xtash joylarini boshqalar uchun ham ochiq va mavjud saqlash maqsadida joriy etilgan.

Hokimlikning ta’kidlashicha, bu o‘zgarish oddiy xaridorlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, aksincha, bozorlar yaqinidagi avtoturargohlardan foydalanish xavfsizligi va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Narxlar orqali tartib va aylanishni nazorat qilish rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Toshkent bozorlarida avtoturargoh narxi dam olish kunlari oshirilmoqda