
Chevrolet Cobalt 2025 yil oktabr oyida yana Qozog'istonda eng ko'p sotilgan avtomobilga aylandi. "Qozog'iston Avtomobil Uyushmasi" (QAU) ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan oyda qozoqlar 1 889 dona yangi Cobalt sotib olishdi.
Ushbu model ketma-ket sakkizinchi oydirki, milliy reytingda peshqadamlikni saqlab kelmoqda. Chevroletning Qozog'istondagi umumiy sotuvlari oktabr oyida o'tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 55,3 foizga kamayganiga qaramay, Cobalt modeli o'z talabini saqlab qolmoqda va brendning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo'lib qolmoqda.
Ushbu avtomobil mamlakatdagi eng mashhur 20 ta avtomobil reytingida birinchi o'rinni egallab, Hyundai Tucson (1 726 dona) va Kia Sportage (876 dona) kabi modellardan ilgarilab ketgan. Bozor mutaxassislari Cobalt'ning yuqori talabda bo'lishini uning arzon narxi, foydalanishda qulayligi va oilaviy hamda ish avtomobillari segmentidagi keng tarqalishi bilan izohlashmoqda.
2025 yilning dastlabki o'n oyi yakunlariga ko'ra, Chevrolet Qozog'istonda 25 709 dona avtomobil sotib, brendlar orasida ikkinchi o'rinni egalladi (+16,6%). Bu sotuvlarning katta qismi Cobalt va Onix modellari hissasiga to'g'ri keladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.