
Rossiya xorijiy haydovchilik guvohnomalarini tan olish qoidalarini qat’iylashtirdi. Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodinning aytishicha, endi faqat rus tili davlat tili sifatiga ega bo‘lgan mamlakatlarning guvohnomalari Rossiyada to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladi.
Hozircha Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston va Tojikiston haydovchilari o‘z milliy guvohnomalari bilan erkin harakatlanishi mumkin.
Qolgan mamlakatlar qatorida O‘zbekiston fuqarolari ham Rossiyada avtomashina boshqarish uchun albatta imtihon topshirib, rus namunasidagi guvohnoma olishi talab qilinadi.
Volodin bu qarorni rus tilini bilishni asosiy mezon sifatida ko‘rsatib izohladi. U misol sifatida Armaniston fuqarolariga oid qonun loyihasini keltirdi — u rad etilgan, chunki Armanistonda rus tili rasmiy maqomga ega emas.
Shu bois Rossiyada faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik haydovchilardan hujjatni yangilash talabi qo‘yiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.