date

O'zbekistonda yil boshidan 336 mingdan ortiq avtomobil sotildi


2025 yil yanvar-oktyabr oylarida O'zbekistonda 336,6 mingta avtomobil sotilgan. Bu haqda UzAuto xabar berdi.

Ushbu ko'rsatkichning yarmidan ko'pi bozor yetakchisi — UzAuto Motors kompaniyasiga to'g'ri keladi. Mazkur kompaniya deyarli 162,7 mingta avtomobil sotgan.

Ikkinchi o'rinni Khorezm Auto egallab, 116,5 mingdan ortiq avtomobil sotishga muvaffaq bo'lgan. Shuningdek, ADM Jizzax ham sezilarli ulushga ega bo'lib, hisobot davrida 36,6 mingdan ortiq avtomobil sotgan.

To'rtinchi o'rinni esa BYD Uzbekistan egallagan, bu kompaniya 19,3 mingta avtomobil sotgan. Statistikaga Asaka Motors (1042 dona) va SamAuto (376 dona) ham kiritilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » O'zbekistonda yil boshidan 336 mingdan ortiq avtomobil sotildi