date

O‘zbekiston BYD avtomobillari dizaynini himoya qildi


2025-yil 14-noyabr kuni BYD Company Limited kompaniyasining avtomobillari O‘zbekistonda sanoat namunasi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu holat davlat tomonidan ushbu brend avtomobillarining o‘ziga xos tashqi ko‘rinishi e’tirof etilganini va himoya qilinganini anglatadi.

Sanoat namunasi intellektual mulk turiga kiradi. U mahsulotning funksionalligini emas, balki tashqi ko‘rinishini: shaklini, chiziqlarini, detallarini va boshqa dizayn elementlarini himoya qilishga qaratilgan.

Bunday maqomga ega bo‘lish uchun mahsulot ikki talabga javob berishi kerak. Ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng patent egasi o‘z dizaynini nusxalashdan himoya qilish va undan o‘z xohishiga ko‘ra foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

Sanoat namunasi uchun ro‘yxatdan o‘tish arizasini Adliya vazirligi saytida topshirish mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » O‘zbekiston BYD avtomobillari dizaynini himoya qildi