date

Ilon Mask trillionerga aylanishi mumkinmi?

Ilon Mask trillionerga aylanishi mumkinmi?

Tesla kompaniyasi aksiyadorlari rahbar Ilon Mask uchun mo‘ljallangan ulkan mukofot paketini ma’qulladi. Qabul qilingan rejaga ko‘ra, u har yili taxminan 100 milliard AQSh dollari miqdorida mukofot olish imkoniga ega bo‘ladi. Bu paket 10 yillik davrni qamrab olib, umumiy qiymati 1 trillion dollargacha yetishi mumkin.

Mask ushbu daromadni kompaniya tomonidan belgilangan aniq moliyaviy va strategik ko‘rsatkichlar bajarilgandagina oladi. Ya’ni, bu shunchaki ish haqi emas, balki maqsadli natijalarga erishilgandagi mukofot hisoblanadi.

Taqqoslash uchun aytilsa, 100 milliard dollar — bu 3,2 million oddiy amerikalik ishchining yillik ish haqiga teng miqdor. Yoki, masalan, Xorvatiya davlatining bir yillik yalpi ichki mahsulotidan ham ortiq.

Ba’zi iqtisodchilar va texnologiya bozoridagi tahlilchilar bu mukofot siyosatini qo‘llab-quvvatlamoqda. Ularning fikricha, bu kompaniya qiymatini keskin oshiradi. Boshqalar esa, bunday yondashuvni haddan tashqari nohaq deb baholamoqda.

Shunga qaramay, mutaxassislarning taxminicha, agar Tesla va SpaceX singari loyihalar muvaffaqiyatli rivojlansa, Ilon Mask dunyodagi birinchi rasmiy trillionerga aylanishi ehtimoldan yiroq emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Ilon Mask trillionerga aylanishi mumkinmi?