date

2026-yilda avtosug‘urta qanchaga qimmatlashadi va nimalar o‘zgaradi?

2026-yilda avtosug‘urta qanchaga qimmatlashadi va nimalar o‘zgaradi?

2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda majburiy avtosug‘urta tariflari va tovon miqdorlari oshiriladi. Eng muhim o‘zgarishlardan biri — YTH holatlarida haydovchi yoki yo‘lovchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun sug‘urta kompaniyasi to‘lashi kerak bo‘lgan minimal tovon puli 40 million so‘mdan 80 million so‘mga ko‘tariladi.

Yangi tariflarga ko‘ra, majburiy avtosug‘urta qiymatlari quyidagicha belgilanadi:

Engil avtomobillar uchun:

Hududlarda: 160 000 so‘m

Toshkent shahri va viloyati: 192 000 so‘m

Chet el raqamli (vaqtincha kiritilgan): 320 000 so‘m

Yuk avtomobillari uchun:

Hududlarda: 280 000 so‘m

Toshkent shahri/viloyati: 336 000 so‘m

Chet el raqamli: 560 000 so‘m

YTHga sabab bo‘lgan haydovchilar uchun oshirilgan tariflar:

1 ta hodisa: 208 000 – 249 600 so‘m

2 ta hodisa: 320 000 – 384 000 so‘m

3 va undan ortiq: 480 000 – 576 000 so‘m

Mazkur o‘zgarishlar haydovchilarning javobgarligini oshirish, YTH oqibatlarini moliyaviy jihatdan to‘liqroq qoplash va sug‘urta tizimini takomillashtirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » 2026-yilda avtosug‘urta qanchaga qimmatlashadi va nimalar o‘zgaradi?