
AzonTV ning “Fikrat” tahliliy dasturida bevosita ekspertlar ishtirokida muhokama etiladigan mavzular nafaqat mahalliy, balki xalqaro ijtimoiy-siyosiy muammolarni ham qamrab olmoqda. Ayniqsa, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan dunyo tartibotida evrilishlar yuz bergani munozaralar markazida qolmoqda.
Bu urush boshlanishi ortidan yuz bergan voqealar - go‘yoki rezina ichakdagi tiqin otilib ketib, bosim ostida turgan suv otilib tushishiga o‘xshaydi. Bu hatto ayrim davlatlar uchun chorak asrdan beri hal bo‘lmayotgan muammolarni hal qilish uchun bahona va iroda topib berdi. Ozarbayjondagi oxirgi voqealar, Xitoy-Tayvan masalalarini bunga misol qilish mumkin.
Buni qaysidir ma’noda G‘arb va Rossiya Ukraina bilan ovora bo‘lib turganidan foydalanib qolishmoqda, deyish mumkinmi? Bu savolga “Fikrat” ko‘rsatuvining eksperti, siyosatshunos Farhod Tolipovning munosabati bilan qiziqdik.
- Buni foydalanib qolish, deb baholamagan bo‘lardim, deydi ekspertimiz. – Aslini olganda, xalqaro munosabatlar tarixida, agar eramizdan oldingi urushlardan to bugungacha – ruslar Ukrainaga bosqiniga qadar bo‘lgan mintaqaviy nizolarning sabablari va ularni harakatga keltiruvchi kuch nimaligini o‘rganadigan bo‘lsak, bitta xulosaga kelamiz: urush qandayligidan qat’i nazar, o‘z o‘lchoviga ega bo‘ladi. Ya’ni, urushni boshqarib turuvchi qonuniyatlar mavjud.
Bu yerda yana boshqa bir jihatga e’tibor qaratmoqchi edim. Tarixdan ma’lumki, agar biror davlat urushda yutqazayotgan bo‘lsa, jamiyat e’tiborini boshqa mojarolarga qaratib, chalg‘itishga harakat qiladi. Ukrainadagi urushni ham shunday chalg‘itish oqibati, deb taxmin qilishi mumkin. Ukrainadagi urush davom etishidan AQSH emas, ko‘proq Rossiya manfaatdor. Boshqa joylarda keskinlik kuchaysa, xalqaro hamjamiyat e’tibori shu mojaro bilan ovora bo‘lib qoladi. Hamda unga, qaysidir ma’noda, ma’naviy va texnologik zarbani yumshatuvchi omil, deb qaraladi. Shu ma’noda, Ukraina va Ozarbayjondagi mojaolarni Rossiyaning xalqaro hamjamiyatni chalg‘itishga urinish, deya baholash mumkin.
- Men boshqa omilni sabab qilib ko‘rsatgan bo‘lardim, deya suhbatga qo‘shiladi siyosatshunos Hamid Sodiq. – Bu mojarolar ko‘payganini insoniyat tarixida kam uchrovchi COVID-19 pandemiyasi yuz bergani bilan bog‘lagan bo‘lardi. Umuman, bir qancha sotsiolog va politologlarning ham fikrlarini o‘rgandim. Ularga ko‘ra bunday pandemiyalar, yoki hali insoniyat uzoq vaqtdan beri ko‘rmagan ma’lum bir jarayonlar o‘sha jamiyatlarda hali ko‘rinmayotgan kasalliklar, ya’ni muammolar yuzaga chiqishiga sababchi bo‘ladi, deb xulosa qilishgan.
Ya’ni bu bevosita o‘sha Qorabog‘ urushning ham yoki bo‘lmasa Rossiyaning Ukrainaga urushida ham bir uchqun bergan. Bu uchqunni olovlantirgan jarayon sifatida men pandemiyani ko‘rsatgan bo‘lardim. Chunki bugungi kunda Rossiya Ukraina urushi sababli butun dunyoda judayam katta qurol biznesi bilan bog‘liq noqonuniy jarayonlar avj oldi. Bunday voqealar zanjiriga pandemiya sababchi bo‘ldi, deydi siyosatshunos Hamid Sodiq.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar