Yevropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining dastlabki turida bir qator qiziqarli va keskin bahslarga guvoh bo‘ldik. Ushbu o‘yinlarda muxlislar ham g‘alabalar shodligini, ham kutilmagan mag‘lubiyatlarni ko‘rishdi.
Avvalo, Angliyaga safar qilgan “Barselona” jamoasi “Nyukasl”ga qarshi bellashuvda 2:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Kataloniya klubining yetakchi hujumchisi Markus Reshford ikkita gol urib, dublni rasmiylashtirdi. Mezbonlar esa uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Antoni Gordon orqali hisobni qisqartirishdi.
“Nyukasl” – “Barselona” 1:2
Gollar: Gordon (90) — Reshford (58, 67)
Shuningdek, o‘z maydonida “Napoli”ni qabul qilgan “Manchester Siti” ham muxlislarini quvontirdi. Ushbu o‘yinda dastlab 56-daqiqada Erling Xoland hisobni ochdi, ordan ko‘p o‘tmay Jeremi Dokyu aniq zarbasi bilan hisobni 2:0 ga yetkazdi.
“Manchester Siti” – “Napoli” 2:0
Gollar: Xoland (56), Dokyu (65)
Portugaliyada o‘tkazilgan “Sporting” – “Qayrat” to‘qnashuvi esa g‘aroyib natija bilan yakunlandi. Uchrashuvda qozog‘istonliklar yirik 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi. Qizig‘i shundaki, birinchi bo‘limda “Qayrat”ning 18 yoshli posboni penaltini qaytarishga muvaffaq bo‘lgandi, ammo ikkinchi taymda mahalliy klubning hujumlari samara berdi.
“Sporting” – “Qayrat” 4:1
Gollar: Trinkau (44, 65), Santo (66), Kenda (68) — Edmilson (86)
Turning eng yirik hisoblaridan biri Germaniyada qayd etildi. Frankfurtning “Ayntrakt” klubi “Galatasaroy” darvozasiga beshta to‘p yo‘llab, 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Turklar uchrashuvni tezkor gol bilan boshlashgan bo‘lsa-da, yakunda nemislar to‘liq ustunlikni qo‘lga kiritishdi.
“Ayntrakt” – “Galatasaroy” 5:1
Gollar: Sanches (37), Uzun (45+2), Singo (45+4), Burkardt (66), Knauff (75) – Akgyun (8)
Shu tariqa, Chempionlar Ligasining birinchi turi jamoalar va muxlislar uchun birdek hayajonli kechdi. Ayrim klublar o‘z kuchi va maqsadini namoyon etsa, boshqalar esa kamchiliklari ustida ishlashga to‘g‘ri kelishini anglab yetdi. Oldinda hali ko‘p turlar bor va har bir bahs hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Mazkur turdan so‘ng 14 ta jamoa g‘alaba qozonib, yuqori o‘rinlarda bormoqda. 4 ta uchrashuvda esa g‘olib jamoa nomi aniqlanmadi.
Ushbu bellashuvlardan keyingi turnir jadvalidagi holat bilan tanishing.