O‘zbekiston global innovatsiyalar reytingidan kutilmagan o‘rinni egalladi

1 daqiqa o'qish4.7K
O‘zbekiston global innovatsiyalar reytingidan kutilmagan o‘rinni egalladi

Jahon innovatsiya maydonida yana bir muhim yangilik qayd etildi. BMT e’lon qilgan 2025 yilgi Global innovatsion indeksga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng ilg‘or davlat sifatida tan olindi.

Hisobotda qayd etilishicha, 2011 yildan beri reytingning mutloq yetakchisi Shveytsariya bo‘lib qolmoqda. Uning ortidan Shvetsiya ikkinchi, AQSH esa uchinchi o‘rinni egallagan. Shuningdek, Janubiy Koreya, Singapur, Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Niderlandiya va Daniya kabi davlatlar ham o‘ntalikda o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Xitoy esa Germaniyani orqada qoldirib, 10-o‘ringa ko‘tarilgani bilan alohida e’tibor qozondi.

Ekspertlar ta’kidlashicha, Xitoyda 2024 yilning o‘zidayoq xalqaro patent arizalarining taxminan to‘rtdan biri berilgan. Bu ko‘rsatkich AQSH, Yaponiya va Germaniyaning birgalikdagi ulushiga yaqin. Biroq, ushbu davlatlarda so‘nggi yillarda ko‘rsatkichlar pasayish tendensiyasi kuzatilgan. Patentlarga egalik qilish esa davlatning texnologik imkoniyatlari va iqtisodiy qudratining muhim ko‘rsatkichi sifatida baholanadi.

Markaziy Osiyodagi ko‘rsatkichlar ham diqqatga sazovor. O‘zbekiston 139 davlat orasida 79-o‘rinni qayd etdi. Qozog‘iston — 81, Qirg‘iziston — 96, Tojikiston esa 108-o‘rinda qayd etildi. Turkmaniston esa umuman reytingga kiritilmadi.

O‘zbekistonning natijalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2024 yilda mamlakat 132 davlat ichida 83-o‘rinda bo‘lgan bo‘lsa, bu yilgi ko‘rsatkich bir necha pog‘onaga yuqoriladi. Xususan, “Innovatsiyalarga kiritilgan sarmoyalar” subindeksida O‘zbekiston 69-o‘rinni egalladi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan yaxshilangan. Biroq “Innovatsiyalardan olingan natijalar” bo‘yicha mamlakat 92-o‘ringa tushib ketdi.

O‘zbekiston global innovatsiyalar reytingidan kutilmagan o‘rinni egalladi

Tahlillarga ko‘ra, qisqa muddatli istiqbolda O‘zbekiston uchun 8 ta ko‘rsatkichda ijobiy o‘zgarish kuzatilgan bo‘lsa, 3 ta yo‘nalishda salbiy natijalar qayd etilgan.

Mutaxassislar fikricha, mamlakat so‘nggi yillarda vizaviy tartiblarni yengillashtirish, infratuzilmani rivojlantirish va xorijiy sarmoyalarni jalb qilish orqali innovatsion muhitni shakllantirishda qadam tashladi. Shu bilan birga, uzoq muddatli istiqbolda ilm-fan va tadqiqotlarga yo‘naltirilgan investitsiyalar O‘zbekistonning innovatsion salohiyatini yanada oshirishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?