"Manchester Siti" "Napoli"ni ishonchli hisobda mag‘lub qildi, Husanov to‘liq o‘ynadi

"Manchester Siti" "Napoli"ni ishonchli hisobda mag‘lub qildi, Husanov to‘liq o‘ynadi

Chempionlar ligasi guruh bosqichining dastlabki turida "Manchester Siti" o‘z maydonida "Napoli"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limda inglizlarning mutlaq ustunligiga qaramay, hisob ochilmadi. Ammo ikkinchi bo‘limda Gvardiola shogirdlari raqib darvozasini ishg‘ol etishdi: 56-daqiqada Erling Xoland, 65-daqiqada Jeremi Dok-u o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Asosiy vaziyat 21-daqiqada bo‘ldi - "Napoli" sardori Jovanni Di Lorenso to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka olib, jamoasini kamchilikda qoldirdi.

Statistikaga ko‘ra, "Siti" darvoza tomon 23 ta zarba yo‘llagan, shundan 8 tasi aniq, to‘pga 74% egalik qilgan va 805 ta aniq pas bergan. "Napoli" bunga birgina aniq zarba bilan javob qaytardi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar