date

Afg‘onistonda yuqori lavozimli amaldor ayollar haqidagi fikri uchun hibsga olindi

Afg‘onistonda yuqori lavozimli amaldor ayollar haqidagi fikri uchun hibsga olindi

Afg‘onistonda Energetika va suv xo‘jaligi vazirligining yuqori martabali maslahatchisi Faruq A’zam ayollarni zilziladan zarar ko‘rgan Kunar viloyatiga hamshira sifatida yuborishni taklif qilganidan keyin hibsga olindi. Bu haqda Afghanistan International axborot manbasi ma’lumot tarqatdi.

Xabarlarga ko‘ra, uning qo‘lga olinishi “Tolibon” yetakchisi Xibatulloh Oxundzoda buyrug‘i bilan amalga oshirilgan. Hozirda Faruq A’zam Kobuldagi maxsus nazorat idorasida saqlanayotgani va ishi harbiy sudga yuborilgani aytilmoqda.

Faruq A’zam ijtimoiy tarmoqlarda chiqish qilib, ayollar ta’limi va ularning tibbiyot sohasida ishtirokini qat’iy himoya qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Meta platformasida u ayol hamshiralarni Kunarga yuborish kerakligini ta’kidlagan. Bu orqali u ayollarning jamiyatdagi rolini yanada muhim va kerakli ekanini ko‘rsatishni maqsad qilgan.

Shuningdek, u Afg‘oniston ichida va xorijda faoliyat yuritayotgan ayol sog‘liqni saqlash mutaxassislarini zilziladan jabrlangan aholiga yordam berishga chaqirgan.

“Bizdagi bilimli va tajribali ayollar o‘zlarining jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash uchun tashabbus ko‘rsatishga va qurbonlik qilishga tayyormi? Agar tayyor bo‘lsa — aynan hozir shuning eng munosib vaqti”, — deb yozgan edi maslahatchi.

Bu voqea Afg‘onistonda ayollarning ijtimoiy hayotdagi ishtiroki va ularning huquqlariga munosabat borasidagi keskin vaziyatni yana bir bor ochiq-oydin namoyon qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda yuqori lavozimli amaldor ayollar haqidagi fikri uchun hibsga olindi