
Rossiyaning Ukrainadagi mag‘lubiyati «Yevroosiyo makonida jiddiy beqarorlik xavfini tug‘diradi va ko‘plab muzlatilgan mojarolarni jonlantiradi», dedi rossiyalik siyosatshunos Dmitriy Trenin Yerevanda bo‘lib o‘tgan «Armaniston va global Rossiya-G‘arb qarama-qarshiligi: 2022 yil yakunlari» konferensiyasida.
«Yevroosiyodagi, jumladan Kavkazdagi ko‘p narsa Ukraina mojarosining qanday tugashiga bog‘liq. Resurs, motivatsiya va maqsad nuqtai nazaridan Rossiyaning g‘alabasi natijasida Yevroosiyodagi vaziyat barqarorroq bo‘ladi. G‘alaba Rossiya uchun tizimni shakllantiruvchi kuch sifatida harakat qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Agar bu amalga oshmasa, bizni, jumladan, Janubiy Kavkazda ham yangi mojarolar va beqarorliklar kutmoqda», - degan Trenin.
Rus siyosatshunosining fikriga Azon.uz siyosiy eksperti Hamid Sodiq munosabat bildirib, jumladan, shunday dedi:
"Rossiyalik siyosatshunos “agar Rossiya bo‘lmasa va atrofidagi mamlakatlarda o‘z ta’sir kuchini yo‘qotsa, sobiq ittifoq mamlakatlari o‘rtasida eski konfliktlar yana avj oladi”, demoqchi. Aslida bu bir umumiy fikr va Putin Rossiya hokimiyatiga kelganidan beri doimo kun tartibida bo‘lib kelgan. Umuman olib qaraganda, bu Putin siyosati uchun ham yangi fikr emas. Chunki SSSR vaqtida ham tizim qulashi bilan ittifoq mamlakatlari o‘rtasida harbiy-siyosiy konfliktlar yuzaga keladi, degan fikr yurardi.
O‘zi aslida Rossiyaning bugungi ko‘rinishidagi mavjudligi atrofidagi davlatlarda nizolar chiqarayotganini ko‘rishimiz mumkin. Ittifoq davrida Qorabog‘ konflikti ham Rossiya bilan bog‘liq. SSSRdagi arman lobbistlarining harakati bilan Qorabog‘ va atrofidagi beshtta tumanni tortib olishni armanlar o‘zini kuchi bilan emas, balki SSSR harbiy brigadalari yordamida amalga oshirgandi. Ushbu nizolar Rossiyaning bor yoki yo‘qligiga bog‘liq emas, balki anchadan beri hal qilinishi kerak bo‘lgan ishlardir.
Gruziyaning 20 foiz hududini tortib olishi, Qrimni bosib olishi va boshqa shu kabi voqealarning zanjirli tizimiga qaraydigan bo‘lsak, Rossiyaning aynan bugungi kundagi shaklda mavjudligi atrofdagi davlatlarda notinchlikni vujudga keltirganini ko‘rish mumkin.
Shu boisdan ham Trenin bildirgan fikrga qaraydigan bo‘lsak: "Rossiya yutqazadigan bo‘lsa Kavkazda, Gruziya yutqazgan yerlarini qaytarib olishga harakat qiladi, Chechenistondagi birinchi va ikkinchi urushda ma’lum bir muddatga qoldirilgan mojarolar yana qayta uyg‘onadi", degan ma’noni bildiryapti.
Lekin bu mojarolarning vujudga kelishiga aynan Rossiya aybdor. Rossiya mavjudligi nizolarni tinch hal qiladi, degani emas, aksincha, kuch bilan bostirib turadi, degani. Rossiya davlat sifatida qolishi kerak, lekin bu Putin rejimi bilan davom etmasligi kerak". “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar