
Kopengagen bosh murabbiyi Yakob Neestrup «Kayrat»ga qarshi oʻyindan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi. Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining beshinchi turida Daniya klubi Qozogʻiston jamoasini 3:2 hisobida magʻlub etdi.
"Menimcha, biz oʻyinda toʻliq ustunlik qildik va juda yaxshi oʻynadik. Raqib esa, kuchli kvalifikatsiya bosqichini oʻtagan va yaqinda Milanda "Inter"ga muammo tugʻdirgan jamoa edi.
Biz 82 daqiqa davomida zoʻr oʻynadik, biroq birinchi gol oʻtkazilganidan keyin oʻyin dinamikasi oʻzgardi", — dedi Neestrup Tipsbladet nashriga bergan intervyusida. Ushbu gʻalaba tufayli "Kopengagen" ilk 24 talik uchun kurashga qoʻshildi.
"Bu juda qiyin boʻladi, lekin oʻyindan oʻyinga harakat qilishimiz kerak. "Vilyarreal"ga qarshi uchrashuvda imkoniyatdan foydalanib, oʻsha yerda nimadir qoʻlga kiritishimiz shart", — deya qoʻshimcha qildi murabbiy.
Oʻyindan soʻng asosiy mavzu esa 17 yoshli Viktur Dadason boʻldi. Islandiyalik futbolchi oʻz hisobiga bitta gol yozib, Lamin Yamaldan rekordni tortib oldi.
U Chempionlar Ligasining turli oʻyinlarida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. "Dadasonning oʻyini oʻz-oʻzidan gapiradi — u mukammal oʻynadi.
Hammasi juda aniq. U birorta xato qilmadi.
Balki unga avvalroq imkoniyat berish kerak edi, lekin agar natija muvaffaqiyatsiz boʻlsa, yosh futbolchi ishonchni yoʻqotishi mumkin edi. Uch yil oldin Orri Oskarsson shu yerda bir necha oʻyinda qatnashib, bir nechta imkoniyatni boy bergan, toʻpni yoʻqotgan va muxlislar tomonidan hushtakbozlikka uchragan edi", — dedi Neestrup.
"Kopengagen" 4 ochko bilan 29-oʻrinda bormoqda. "Kayrat" esa 1 ochko bilan musobaqa jadvalining 35-pogʻonasida joylashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.