date

Bernardu Silva qaysi klubni tanlamoqda?


Manchester Siti jamoasi yarim himoyachisi Bernardu Silva ehtimoliy tarzda ushbu klubdagi soʻnggi mavsumini oʻtkazmoqda. Portugaliyalik yulduz futbolchining shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi va tomonlar hamkorlikni davom ettirmaslik ehtimolini koʻrib chiqishmoqda.

31 yoshli futbolchiga Saudiya Arabistoni ligasi klublari qiziqish bildirayotgan boʻlsa-da, Juventa va Milan ham oʻz qatoriga qoʻshib olish niyatida. Calciomercato xabariga koʻra, Silva faoliyatini Yevropaning top chempionatlaridan birida davom ettirishni maʼqul koʻradi va Italiyaga koʻchib oʻtishga tayyor.

Transfermarkt mutaxassislari "Manchester Siti" sardori qiymatini 32 million yevro deb baholashmoqda. Silva ushbu jamoada 2017-yildan beri toʻp surib kelmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bernardu Silva qaysi klubni tanlamoqda?