
Fransuz yarim himoyachisi Adrian Rabio Italiya chempionatiga qaytdi va Rafael Leau soʻnggi vaqtlarda sezilarli darajada oʻsganini taʼkidladi. Rabioning aytishicha, u "Yuventus"da oʻynagan vaqtlari bilan solishtiradigan boʻlsa, Leau "Milan"da ilk qadamlarini qoʻygan davrga nisbatan jiddiy oʻzgarishlarga erishgan.
"U mashgʻulotlarda juda koʻp mehnat qilmoqda. Hujum bilan birga himoyada ham zoʻr ishlamoqda.
Bunday isteʼdodning oʻz mehnatidan uyalmasdan harakat qilishi yoqimli. "Yuventus"dagi davrim bilan solishtirsam, u jiddiy oʻsdi", – dedi Rabio pianetamilan.it nashriga.
Eslatib oʻtamiz, Rafael Leau 2019-yildan beri Italiyada toʻp surmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.