
Madridning “Atletiko” yarim himoyachisi Konor Gallagerning “Manchester Yunayted”ga oʻtishi haqida mish-mishlar bir necha oydan beri tarqalmoqda. Angliyalik futbolchi “matraschilar” asosiy tarkibida doimiy oʻrin egallay olmayapti, shu sababli u qishki transfer oynasida klubni tark etishi mumkin.
Jurnalist Fabritsio Romanoning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, sobiq “Chelsi” futbolchisi “qizil iblislar”ni qiziqtirishda davom etmoqda, biroq u klubning ustuvor maqsadlari roʻyxatiga kiritilmagan. “Atletiko” 25 yoshli futbolchini ijaraga qoʻyishni rejalashtirayotgani yoʻq, toʻliq transfer esa “Manchester Yunayted” uchun qiyinchilik tugʻdirishi mumkin.
Transfermarkt portali Konor Gallagerning transfer qiymatini 40 million yevro deb baholadi. Futbolchi oʻtgan yilning avgust oyidan buyon Madrid klubida oʻynamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.