
Italiyaning "Milan" klubi sobiq hujumchisi Jan-Pyer Papenning fikriga koʻra, klubning yangi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri portugaliyalik hujumchi Rafael Leau oʻyin uslubini tubdan oʻzgartira olishi deyarli imkonsiz. Papen bu borada shubha bilan qaraydi.
"Leau bilan ishlash qiyin, nazarimda, u oʻzgarishni istamaydi. Agar oʻzgarishga erishsa, u boshqa darajadagi futbolchiga aylanishi mumkin", - deydi Jan-Pyer Papen pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida.
Eslatib oʻtamiz, portugaliyalik hujumchi 2019-yildan beri "Milan" safida toʻp surmoqda. Bungacha u Fransiya chempionatida "Lill" jamoasi tarkibida bir mavsum oʻynagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.