
Betis futbolchisi Antoni o‘zining diskvalifikatsiyasi haqida gapirdi. O‘tgan turda Gironaga qarshi o‘yinda braziliyalik futbolchi qizil kartochka olib, Sevilya bilan bo‘ladigan derbida ishtirok eta olmaydi.
'Men bunday o‘yinni o‘tkazib yuborayotganimdan juda afsusdaman. Bu yilning asosiy o‘yini va unda qatnasha olmasligimni anglash og‘ir', – deya ta’kidladi 25 yoshli vinger Yevropa Ligasida Utrext ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan keyingi intervyusida.
Antoni joriy mavsumda Betis safida barcha musobaqalarda 13 o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Sevilya derbisi yakshanba, 30-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.