00:40 / 18.05.2023
325

Erdog‘an davri juda yaxshi bo‘lsa, nega iqtisodning sur’ati past?

Erdog‘an davri juda yaxshi bo‘lsa, nega iqtisodning sur’ati past?
Urush iqtisodiyotni butunlay vayron qiladi. Har qanday kuchli davlat ham  uzoq vaqt urushsa, iqtisodiyoti xonavayron bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, bu davlat kichik va tarqoq bo‘lsa. Turkiya kichik davlat. Unga urushning zalvori og‘ir keladi. Turkiya Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi urushga aralashgach, lira anchagina qadrini yo‘qotdi. Boshqa davlatlar tomonidan sanksiya e’lon qilingani ham salmoqli zarar yetkazdi.
 
Ikkinchidan, Suriyada Amerika, Rossiya va Turkiya davlatlarining harbiy kuchi mavjud edi. Hozirgacha ular o‘zaro kurash girdobida va har biri o‘z hududini himoya qilmoqda. Bu yerda ham lira o‘z kuchini yetarlicha yo‘qotdi. Qo‘shin chiqib ketmasa, sanksiyalar e’lon qilinishiga sabab bo‘laveradi.
 
Uchinchidan, Turkiya Iroq hududidagi turkmanlar yashaydigan Turkiya taraflardagi janglarda ham qatnashmoqda, bu ham liraning qadrini tushiradi.
 
Liviyadagi urush. Turkiya Liviyada o‘z kuchini ko‘rsatdi. Bu o‘rinda ham sanksiyalar tufayli liraning qadrsizlanishi kuzatildi. Efiopiyadagi mojaroda ham kuchli davlatlar tomonidan sanksiyalar bo‘lishiga qaramay Turkiya to‘liq ishtirok etdi. Yevropaning qudratli iqtisodiyotga ega bo‘lgan bir nechta davlatlar bir davlatga boykot e’lon qilmoqda.
 
Amerika ham, Rossiya ham Turkiyaga qarshi juda ko‘p sanksiyalar e’lon qilishgan. Biroq AQSHdan farqli ravishda Rossiya bir qancha siyosiy-iqtisodiy sabablar tufayli cheklovlarini bekor qilgan edi. Umuman olganda, Turkiya ishtirok etgan har bir urush yoki mojaro unga sanksiyalar kiritilishiga sabab bo‘lgan, lirasi qadrsizlangan, ammo bu yo‘qotishlar shunga arziydi. Davlat va uning chegaralarini himoya qilish haqida gap ketganda, nonning narxi ikkinchi o‘ringa o‘tib qoladi.
 
To‘rtinchi muhim narsa, Turkiya unchalik birlashgan davlat emas. Yirik xorijiy kompaniyalar, ayniqsa, Yevropa va Amerika kompaniyalari pinhona zarbalar berishadi.
 
Beshinchidan, Turkiyaning 2013 yildan beri davlat umuman bank kreditini olmagani ham o‘z so‘zini aytdi.
 
Bundan tashqari, har bir saylov oldidan narx vasvasasi boshlanib, mahsulotlar uchun narxlar noodatiy ko‘tariladi. Bu juda oddiy. Mahsulotlar ko‘p miqdorda sotib olinadi, biroq bozorga chiqarilmaydi. Bu Istanbul hokimi saylanganda ma’lum bo‘ldi. Ko‘plab mahsulotlar sotib olinib, ataylab yo‘q qilinadi. Buni odamlar orasida hukumatga nisbatan nafratni uyg‘otish uchun qilinadi, va bu, afsuski, asossiz emas.
 
Harbiy rivojlanish uchun ham ulkan mablag‘ sarflanadi. Agar davlat maksimal darajada qarz olganda va Ozarbayjon, Iroq, Suriyada yoki Liviyadagi urushlarda qatnashmaganida, bugungi kunda bir dollar to‘rt liraga teng bo‘lardi.
 
Bu urushlar va sanksiyalarga qaramay, Turkiya juda ko‘p yutuqlarga erishdi va dunyoning kuchli yigirmataligiga kirdi. Va uning rejalarida keyingi to‘rt yil ichida kuchli o‘ntalikka kirish ham bor. Turkiya eksporti kosmik sur’atlar bilan o‘syapti. Birgina joriy yilning yanvar oyida eksport 14,5 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan oy esa 19 milliard dollarni tashkil etdi. Bu juda katta muvaffaqiyat.
 
Turkiya tabiiy resurslarga  boy emas. Biroq Turkiyaning barcha rivojlanish va taraqqiyoti shu resurslarsiz bo‘ldi. Buni ham bilib qo‘yish lozim.
 
Muhammad Akbarov
Islom iqtisodiyoti va huquqi yo‘nalishi bo‘yicha doktor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdog‘an davri juda yaxshi bo‘lsa, nega iqtisodning sur’ati past?