Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Kolumbiya Meksikaga qarshi maydonga tushib, raqibini yirik 4:0 hisobida mag‘lub etdi. AQShdagi «AT&T» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda janubiy amerikaliklar to‘liq ustunlikni namoyon qilishdi.
Kolumbiya tomonidan gollar Lukumi (16), Dias (56), Lerma (64) va Karbonero (87) tomonidan kiritildi. «Real»ning sobiq yarim himoyachisi Hames Rodriges uchrashuvda ikki golli uzatma berib, jamoasining hujumini “ishga tushirdi”.
Eslatib o‘tamiz, Kolumbiya bundan avval Boliviyani 3:0 hisobida mag‘lub etib, JCh–2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Meksika esa mundi’alda mezbonlardan biri sifatida qatnashadi.
O‘rtoqlik o‘yini. AQSh, «AT&T» stadioni
Meksika — Kolumbiya 0:4
Gollar: Lukumi 16, Dias 56, Lerma 64, Karbonero 87.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar