date

Pokiston Afg‘onistonning 19 chegara postini egalladi: ziddiyat yana kuchaydi

Pokiston Afg‘onistonning 19 chegara postini egalladi: ziddiyat yana kuchaydi

Pokiston armiyasi Afg‘oniston bilan chegarada kechasi yuz bergan to‘qnashuvlardan so‘ng 19 ta chegara punktini o‘z nazoratiga oldi. Bu haqda Geo telekanali manbalariga tayanib xabar berdi.

Telekanal ta’kidlashicha, ushbu postlar qo‘shni davlat hududiga hujumlar uyushtirish uchun foydalanilgani aytilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, afg‘on harbiylari Angur-Adda, Bajaur va Kurramda birlamchi tarzda o‘t ochgan. Shuningdek, Dir, Chitral, Baramcha va boshqa qator nuqtalarda ham otishmalar qayd etilgan.

Chegara chizig‘idagi vaziyat tarangligicha qolmoqda. Halokat va jarohatlar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilmadi. Tomonlar hozircha rasmiy bayonot bilan chiqmagan, vaziyat rivoji esa yaqinidan kuzatilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pokiston Afg‘onistonning 19 chegara postini egalladi: ziddiyat yana kuchaydi