Afsonaviy MTV efirni tark etmoqda

1 daqiqa o'qish494
Afsonaviy MTV efirni tark etmoqda

Musiqiy telekanallar zamonasi tarix sahifasiga aylanmoqda. Afsonaviy MTV telekanali Yevropada o‘z faoliyatini yakunlayotganini ma’lum qildi. Endi u Buyuk Britaniya, Germaniya, Polsha, Vengriya va qator Yevropa davlatlarida efirdan chiqadi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, MTV tarmog‘iga kiruvchi bir nechta mashhur kanallar — MTV Music, MTV 80s, MTV 90s, Club MTV va MTV Live 2025 yil 31 dekabrdan boshlab efirni to‘xtatadi. Faqat bitta yo‘nalish — realiti-shoularga ixtisoslashgan MTV Reality qoldiriladi.

Bu qaror MTV uchun tarixiy nuqta bo‘ldi. Sabab aniq: zamon o‘zgardi, auditoriya ham. Endilikda odamlar musiqiy kliplar yoki konsertlarni televizor orqali emas, YouTube, Spotify, TikTok va boshqa raqamli platformalar orqali tomosha qilmoqda. Shu bilan birga, yosh avlod uchun smartfon ekranlari an’anaviy televideniyedan ustun bo‘lib qoldi.

MTV 1981 yilda ilk bor AQSHda efirga chiqqan va “Video Killed The Radio Star” qo‘shig‘i bilan butun dunyoda yangi musiqiy madaniyatni boshlagan edi. U o‘nlab yillar davomida pop-madaniyat, feshn va yoshlar uslubining asosiy targ‘ibotchisi bo‘lib keldi. Bir vaqtlar Britaniya va Yevropadagi MTV kanallari har bir yosh oila xonadondagi eng mashhur telekanallardan biri edi.

Ammo internetning rivojlanishi, ijtimoiy tarmoqlar va videoxostinglar MTVning asosiy auditoriyasini tortib oldi. Bu esa telekanallarning moliyaviy modelini ham o‘zgartirib yubordi. Bugun MTV realiti-shoular va striming kontentiga ko‘proq e’tibor qaratmoqda.

MTV mutasaddilari ta’kidlashicha, telekanal yopilishi MTV brendining tugashi emas, balki uning yangi bosqichga o‘tishi hisoblanadi. Ya’ni, MTV onlayn platformalar orqali zamonaviy formatda faoliyat yuritishni davom ettiradi.

Shunday qilib, “musiqiy telekanallar davri” deb atalgan bir butun madaniy yo‘nalish yakunlanmoqda. MTV — butun bir avlodning yoshlik ramzi, ammo zamon talabiga ko‘ra, endi bu ramz internet sahnasiga ko‘chmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?