date

Madagaskar prezidenti isyonlar fonida mamlakatdan qochib ketdi

Madagaskar prezidenti isyonlar fonida mamlakatdan qochib ketdi

Madagaskar prezidenti Andri Radzuelina mamlakat bo‘ylab, ayniqsa poytaxt Antananarivuda avj olgan tartibsizliklar ortidan mamlakatni tark etgani xabar qilindi. Bu haqda afrikalik manbalar ma’lumot bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, armiyaning kadrlar boshqaruvi korpusi — CAPSAT isyonchilarga o‘t ochish buyrug‘ini bajarishdan bosh tortgan va yuqori harbiy qo‘mondonlikka ham shunga chaqiriq yo‘llagan. Bu qaror kuch ishlatishning oldini olishga qaratilgani aytilmoqda.

Tartibsizliklar sentyabr oxirida doimiy suv va elektr o‘chishlari sabab kuchaygan edi. Infratuzilmadagi uzilishlar aholi noroziligini oshirib, ommaviy namoyishlarga olib keldi.

BMTning dastlabki hisoblariga ko‘ra, to‘qnashuvlar davomida kamida 22 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq fuqaro jarohat olgan. Holat yuzasidan rasmiy izohlar berilayotgani, xavfsizlik choralari kuchaytirilgani aytilmoqda.

Mutaxassislar vaziyatni barqarorlashtirish uchun siyosiy muloqot, shoshilinch infratuzilma islohotlari va axborot shaffofligini ta’minlash zarurligini ta’kidlashmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Madagaskar prezidenti isyonlar fonida mamlakatdan qochib ketdi