date

Korrupsiyaga qarshi kurashish – dolzarb vazifa

Korrupsiyaga qarshi kurashish – dolzarb vazifa

Joriy yilning 09-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyat boshqarmasida yosh mutaxassislar, ularning ota-onalari, boshqarma tarkibiy tarmoqlari va tuman (shahar) bo‘limlarining rahbar va xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning burchimizdir” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.

O‘tkazilgan yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tasdiqlangan prokuratura organlari xodimlarining “Axloq kodeksi”dagi asosiy tushunchalar, ya’ni xizmat faoliyatida shuhratparastlik, dabdababozlikka yo‘l qo‘ymaslik, o‘z mansabini suiiste’mol qilmaslik, poraxo‘rlik hamda tamagirlikka yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha xodimlarga tushunchalar berildi.

Shuningdek, xodimlarga “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini yana bir bor eslatib, firibgarlik, pora olish, pora berish va ishtirokchilik qilishda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida qanday choralar qo‘llanilishi bo‘yicha ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.

Bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Akmal Ikramov

MIB Xorazm viloyat boshqarmasi

katta inspektori

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Korrupsiyaga qarshi kurashish – dolzarb vazifa