Foto: AP
AQSH prezidentligiga mustaqil nomzod kichik Robert Kennedi saylov kampaniyasida ishtirok etishdan bosh tortdi va Respublikachilar partiyasidan nomzod, Oq uyning sobiq rahbari Donald Trampni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Kennedi 23 avgust kuni Pensilvaniya sudiga prezidentlik poygasidan chiqish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgan.
“Men saylovda g‘alaba qozonish uchun real imkonim borligiga endi ishonmayman”, deydi Kennedi matbuot anjumanida.
Kennedi tadbiridan bir necha soat o‘tib, qo‘shni Glendeylda Tramp saylovoldi mitingi rejalashtirilgan edi. Uning kampaniyasi avvalroq tadbirda “maxsus mehmon” ishtirok etishini e’lon qilgan, biroq ikki siyosatchining jamoasi bu mehmon Robert Kennedi bo‘ladimi-yo‘qmi bu haqda ma’lum qilmagan.
Avvalroq kichik Kennedi saylov byulleteniga qo‘yish uchun kerakli miqdordagi imzolarni topshirgan edi.
So‘nggi oylarda Kennedi Trampni o‘z tarafdorlariga xiyonat qilganlikda ayblagan. Tramp esa Kennedini “prezidentlik poygasidagi eng radikal so‘l nomzod” sifatida tanqid qilgan.
22 avgust kuni Chikagodagi Demokratik partiyaning milliy qurultoyida AQSH vitse-prezidenti Kamala Harris AQSH prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan nomzodlikni qabul qilgan edi. Shuningdek, Minnesota gubernatori Tim Vals demokratlardan AQSH vitse-prezidentligiga nomzodlikni qabul qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi
Asirlikdagi KXDR harbiylari katta yoʻqotishga uchrashganini aytishdi
Gʻarbda Rossiya boʻyicha NATOga shoshilinch murojaat qilishdi
Dubayda estoniyalik dorboz ikki osmonoʻpar bino orasidan oʻtdi