Foto: Reuters
Rossiyaning Sibir hududida yerdagi sirli ulkan teshik tez kengayib bormoqda, koinotdan olingan fotosuratlar buni qayd etyapti.
Uning hajmi har yili taxminan 1 million kub metrga oshyapti. Bu Batagay krateri bo‘lib, ba’zan «do‘zax darvozasi» deb ataladi. Bu butun sayyoraga ta’sir qiladigan ancha katta, ko‘pincha ko‘rinmas muammoni ifodalaydi, deb yozdi Business Insider.
«Teshik skat, qilichdum yoki ulkan itbaliqqa o‘xshaydi. Dastlab bu kichik yoriq bo‘lib, 1960 yillardagi sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlarda deyarli ko‘rinmas edi. Endi u fazodan yaqqol ko‘rinib turadigan tik qoyalardan iborat jarlikdir. AQSH Geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 1991-2018 yillar oralig‘ida teshik uch baravar kattalashgan», deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Batagay aslida krater emas. Bu dunyodagi eng katta «regressiv erish teshigi» bo‘lib, abadiy muzlikning erishi paytida hosil bo‘ladigan teshikdir. U yer yuzasining o‘pirilishiga olib keladi va uning atrofida ko‘chki hosil qiladi.
Ta’kidlanishicha, Arktikada minglab shunday teshiklari mavjud, ammo Batagay krateri kattaligi mega cho‘kma unvoniga sazovor bo‘lgan.
Sent-Luisdagi Vashington universiteti geofiziki Rojer Maykloids so‘zlariga ko‘ra Batagay krateri «mashhur» abadiy muzlik hisoblanadi.
«Asrlar davomida uning ichida muzlab qolgan barcha o‘lik o‘simliklar va hayvonlar muz erishi bilan atmosferaga karbonat angidrid va metan chiqara boshlaydi. Bu dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Chunki bu gazlar global haroratni ko‘tarib, muzliklarning erishini tezlashtiradi. Abadiy muzliklar Shimoliy yarimsharning 15 foizini qoplagan va atmosferaga qaraganda 2 barobar ko‘p karbonat angidridga ega», dedi u.
Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, agar dunyo davlatlari bugungi kunda o‘z chiqindilarini faol ravishda cheklamasa, abadiy muzlik erishi oqibatida 2100 yilga borib sayyorani isituvchi gazlar sanoatniki bilan tenglashishi mumkin. Batagay hozir yiliga 4000-5000 tonna uglerod chiqarmoqda.
Ta’kidlanishicha, abadiy muzlikning erishi iqlim inqirozini tezda yomonlashtirishi mumkin. Lekin bu haligacha sirli jarayon. Batagay kabi ekstremal joylarni o‘rganish olimlarga abadiy muzning erishini tushunishga va kelajakka nazar tashlashga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»