date

Ilon Mask Marsdagi shahar narxini hisoblab chiqdi

Ilon Mask Marsdagi shahar narxini hisoblab chiqdi

SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Mask Marsda shahar barpo etish bo‘yicha global orzularini yana bir bor eslatdi. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu ulkan loyihaning qiymati raketa texnologiyasidagi rivojlanishga qarab 1 trillion dollardan 1000 trillion dollargacha bo‘lishi mumkin.

Maskning fikricha, hozircha g‘oyat qimmat bo‘lib tuyulgan bu loyiha yaqin 40 yil ichida yiliga 25 milliard dollargacha tushishi mumkin. Bu esa sayyoralararo ko‘chish orzusini realroq holga keltiradi.

Marsga birinchi real tashrifni SpaceX o‘zining yangi Starship kemasi yordamida amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Yangi avlod kosmik kemasining ilk parvozi 2026-yilga mo‘ljallangan bo‘lib, u Optimus robotini o‘z ichiga oladi. Mask bu kemani “Oltin yuragi” deb nomlashni rejalashtirmoqda.

Yangi bosqichdagi bu ambitsiyali tashabbuslar insoniyatning boshqa sayyorada yashashi uchun muhim poydevor bo‘lishi mumkin. Biroq, milliardlab dollar mablag‘, ilg‘or texnologiyalar va katta sabr-toqat talab etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask Marsdagi shahar narxini hisoblab chiqdi