
Xitoy sentyabr oyida Rossiyadan bug‘doy sotib olish hajmini 73 barobarga oshirib, 2024 yil noyabr oyidan beri eng yuqori ko‘rsatkichga - 1,293 million dollarga yetdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Xitoy bojxona xizmati ma’lumotlariga tayanib. Bug‘doydan tashqari, ketma-ket to‘rtinchi oy oshib borayotgan arpa yetkazib berish ham ijobiy dinamikani ko‘rsatdi.
Sentabr oyida ushbu ekinni yetkazib berish hajmi uchdan bir qismga oshib, 9,84 million dollarni tashkil etdi. Shuningdek, suli jo‘natish hajmi $3,267 mlngacha oshgani qayd etildi.
Sentabr oyida Xitoyning Rossiya donini xarid qilishning umumiy hajmi o‘tgan oyga nisbatan 13,3 foizga oshib, 24,1 million dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, Rossiyadan Xitoyga g‘alla importi yillik hisobda bir yarim baravarga kamaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!