28
O‘zbekiston—Finlyandiya o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturi tayyorlanadi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan COP29 sammiti doirasida Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ko‘p qirrali O‘zbekiston—Finlyandiya hamkorligini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Faol siyosiy va parlamentlararo aloqalar mamnuniyat bilan qayd etildi.
Yangi iqtisodiy kun tartibini shakllantirish uchun metallurgiya, elektrotexnika, kimyo, telekommunikatsiya va boshqa sohalarda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturini tayyorlash taklif etildi.
Shu ma’noda, 2025 yil yanvar oyida Xelsinki shahrida bo‘lib o‘tadigan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va biznes forumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
Ta’lim va ekologiya sohasidagi almashinuvlarni mustahkamlash, shu jumladan BMTning Orolbo‘yi uchun Trast jamg‘armasi faoliyatida Finlyandiyaning faol ishtirok etishi istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston ta’lim tizimida Finlyandiya usuli
O‘zbekistonning 14 ta hududida 2023 yildan maktablarning 1—4-sinflarida Finlyandiya ta’lim tajribasi joriy qilinishi haqida xabar berilgan edi. “O‘zbekiston 24” telekanalida 26 noyabr kuni efirga uzatilgan “Menimcha” ko‘rsatuvida nega aynan ushbu mamlakat ta’lim tizimi ustun qo‘yilayotganiga to‘xtalib o‘tilgandi.
Shavkat Mirziyoyev 2022 yilning noyabr oyida Navoiy viloyatiga tashrifida ta’limga Finlyandiya tajribasi joriy etilishi haqida fikr bildirgandi.
Hozir ta’lim sohasida 1, 2, 3, 4-sinflar uchun kitoblarni ko‘rdingiz. Men Finlyandiya tajribasini aytgandim, mana, olib keldik. Ular bilan hamkorlik bo‘ldi. Fin oliygohini ochdik. Ular bizga hamkor bo‘lyapti. Endi muallimlarni boshqa yerga yuborib emas, o‘zimizga chetdan mutaxassis olib kelib o‘qitadigan tizim bo‘lyapti.
Yangi kitoblarni ko‘rib, muallimlarning o‘zlari aytyapti bu kitob bizga ma’qul, bolalar dunyoqarashini o‘zgartiradi deya. Tasavvur qiling, 10 yildan keyin qanday bolalar chiqadi bu maktablardan. Hamma narsani qilsa bo‘ladi, ayrim dargohlarga porasiz yaqinlashib bo‘lmas edi, mana hozir oddiy odamning o‘g‘li yoki qizi bilimi bo‘lsa, kirib ketyapti. Bu ham inson qadri uchun qilinayotgan ishlar hisoblanadi, degan edi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi