
Toshkentning Yashnobod tumanida Gentra haydovchisi YPX inspektorini avtomashina kapotida sudrab ketdi. Bu haqda shahar Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Farg‘ona yo‘li ko‘chasida yuz bergan. Inspektor haydovchini to‘xtatgan paytda u buyruqqa bo‘ysunmasdan harakatni davom ettirgan va xodimni kapotda sudrab bir necha metrga olib ketgan.
Haydovchi tez orada ushlangan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi — “Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish” — bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jabrlangan inspektor shifokorlar nazoratida, ahvoli barqaror. Tergov harakatlari davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.