date

Quyosh faolligi keskin pasaydi

Quyosh faolligi keskin pasaydi

30-oktyabr kuni Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi juda kam uchraydigan holatni qayd etdi. Kuchli portlashlar bilan faol bo‘lgan Quyosh bu safar mutlaq sokinlikka tushdi. Ilk bor bu yil faollik indeksi nol darajaga tenglashdi, deb xabar berdi mutaxassislar.

Olimlar ma’lum qilishicha, 48 soat ichida Quyoshning Yerga qaragan qismida birorta ham portlash yoki nurlanish holati kuzatilmagan. Teskari tomonda sodir bo‘lgan hodisalar esa hisobga olinmagan, chunki ularni aniq o‘lchash imkoni yo‘q. Bu astronomlar fikricha, Quyosh faolligidagi noodatiy tinchlik holati hisoblanadi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu yil Quyoshdagi faollik turg‘un emas, aksincha, keskin o‘zgaruvchan bo‘ldi. Bir necha kun davom etgan portlashlardan keyin ba’zan uzoq davrli “sokin fazalar” boshlanmoqda. Bu esa Quyosh siklining tabiiy, biroq o‘ta noaniq jarayonlaridan biri hisoblanadi.

Qayd etilishicha, oxirgi marta portlash faolligi indeksi 2024-yil aprel oyida nol darajaga tushgan. Biroq shundan ko‘p o‘tmay, may oyida so‘nggi 20-yildagi eng kuchli Quyosh portlashlaridan biri qayd etilgan va bu Yerda beshinchi darajali magnit bo‘ronlariga sabab bo‘lgan.

Astronomlar hozirgi holatni vaqtinchalik deb baholamoqda. Ularga ko‘ra, yaqin kunlarda Quyoshning teskari tomonidagi yangi faol hududlar Yerga qarab chiqishi mumkin va faollik yana oshishi kutilmoqda.

Qisqasi, tabiatning yuragi bo‘lgan Quyosh bir necha kunga to‘xtagan kabi ko‘rinsa-da, olimlar bu “sokinlik oldidagi bo‘ron” bo‘lishi ehtimolini inkor etmayapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Quyosh faolligi keskin pasaydi